Yuventus Chelsi futbolchisini ijaraga oldi

Khoja
28 yanv 2025
Renatu Veyga Chelsidan Yuventusga o'tdi.

Turin klubi 21 yoshli himoyachi mavsum oxirigacha ijara olinganini e'lon qildi. Ushbu transfer uchun turinliklar London klubiga 3,8 million evro to'lashdi.

Eslatib o'tamiz, Veyga Londonga Bazeldan 2024 yil iyul oyida ko'chib o'tgan. Uning shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi. Joriy mavsum 21 yoshli chap qanot himoyachisi barcha musobaqalarni inobatga olganda 18 o'yinda maydonga tushib 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma etkazib berdi.

Transfermarkt portali portugaliyalikni 10 million evroga baholamoqda.




KhojaMuallif
Manba: championat.com