"Yuventus" bugun De Shilo bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazadi

Alisher
31 mar 2022, 11:25
"Yuventus" himoyachi Mattia De Shilo bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub bugun 29 yoshli italiyalikning agenti bilan uchrashuv o'tkazadi. "Yuventus" o'yinchiga 2 mln evro maosh bilan 2025 yilning iyun oyi so'nggiga qadar shartnoma taklif qiladi.

Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri futbolchini jamoada saqlab qolishni xohlamoqda.

De Shilo 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira