"Yuventus" Bentankurni sotishga qaror qildi

Alisher
19 mar 2021, 17:21
"Yuventus" xavbeki Rodrigo Bentankur yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

"Keksa sinora" bosh murabbiyi Andrea Pirlo ortiq yarim himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmayapti.

Turin grandi o'yinchini yozda transferga qo'ymoqchi. Klub rahbariyati Bentankurning sotuvidan 35 million evro miqdorida ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Rodrigo joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi. Uning "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport