Yuventus Barselonada 200dan ortiq gol urgan hujumchini sotib oldi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2018, 08:19
Yuventus Barselona tarbiyalanuvchisi bo'lgan Pablo Morenoni xarid qildi.

16 yoshli Ispaniya o'smirlar terma jamoasi a'zosi 10 yoshidan buyon Kataloniya klubi tizimida o'ynab kelmoqda va 6 yil ichida 200tadan ortiq gollar urdi.

Moreno Yuventus o'smirlar terma jamoasi safida shug'ullanadi.

El Ideal nashri xabariga ko'ra, turinliklar Barselonaga 1 million evro va bonuslar to'lashadi. Futbolchining o'zi Yuve bilan 3 yillik shartnoma tuzdi va yiliga 500 ming evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: juventus.com