"Yuventus" "Arsenal"ga Rabo borasidagi qarorini ma'lum qildi

Alisher
28 dek 2019, 12:35
Futbolchi Italiyada qoladiganga o'xshamoqda.

"Arsenal" "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni nishonga olgan.

Turin klubi esa "kanonirlar"ga transfer borasidagi javobini aytgan.

"Yuve" Raboni qishki transferlar oynasida sotmoqchi emas. Qayd etish kerakki, fransiyalik futbolchining London klubiga o'tishini "to'pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta xohlamoqda.

Oldinroq, "Arsenal" "Atletiko" vingeri Toma Lemarga qiziqayotganligi haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Mediaset