

Paredes bir yillik ijaradan keyin yana PSJga qaytsa, Di Mariya Turin klubini erkin agent sifatida tark etadi.
Turin klubi Chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kirita olmagach, ikki futbolchi bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan. Yuve mavsum yakunlariga ko'ra, 7-o'rinni egallab UEFA Konferenciyalar ligasida qatnashadigan bo'ldi.
Avvalroq, Di Mariya oldida bir qator takliflar borligi, argentinalik futbolchi tez orada bir qarorga kelishi haqida xabar qilingandi.



