"Yuventus" aprel oxirigacha MYU futbolchisi bilan kelishib qo'ymoqchi

Mirjalol Normatov
20 mar 2022, 10:53
"Yuventus"dagilar "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba bilan iloji boricha tezroq kelishib qo'yish niyatida.

"Sportitalia" xabariga ko'ra, ayni damda Turin klubi vakillari futbolchining agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda va bu muvaffaqiyatli yakunlanishga yaqin turibdi.

"Keksa sinora" aprel oyi oxiriga qadar fransiyalik xavbek bilan kelishib olish niyatida. Unga 4 yillik shartnoma taklif qilinmoqda. Unda yiliga 9 million evro maoshdan tashqari, 3 million evro bonus tarzida vada qilingan.

Pogba 2012-2016 yillar davomida "Yuventus" tarkibida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportitalia