"Yuventus" Allegrini nega bo'shatmayotgani sababi ma'lum

Sherzod Nurmatov
13 okt 2022, 15:32
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini iste'foga chiqarmoqchi emas, chunki o'rinbosar topa olmayapti, deb yozdi jurnalist Nikolo Skira.

Manba bergan xabarga ko'ra, Italiya klubi Maurisio Pochettino va Paulu Souzaning nomzodlarini ko'rib chiqqan, biroq ularni olib kelmaslikka qaror qilingan. 

Allegri "Yuventus"da shartnomasi tugaguncha, 2025 yilning yoziga qadar jamoada qolish ehtimoli yo'q emas.

Eslatib o'tamiz, "Yuve" Chempionlar Ligasi 4 turidan keyin bor-yo'g'i 3 ochko to'plab, pley-offga chiqish imkoniyatini deyarli boy berdi. Italiya chempionatida esa 9 turdan keyin A Seriyada atigi 8-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira