"Yuventus" Allegri bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara olib boryapti

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2015, 19:16
"Yuventus" bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara o'tkazmoqda.

Mutaxassis va klub o'rtasidagi amaldagi bitim 2016 yilning 30 iyunigacha belgilangan va "keksa sinor" yana bir yilga kelishuvni uzaytirmoqchi. Ma'lumotlarga ko'ra, yangi bitim mavsum boshlangunga qadar imzolanadi. Ushbu kelishuvga ko'ra, Allegri "Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchinidan so'ng Italiya A Seriyasida eng ko'p maosh oladigan ikkinchi mutaxassisga aylanadi.

Hozir Allegri yiliga 2,5 mln. evro ishlab topadi. "Keksa sinora" 47 yoshli murabbiyga 3,5 mln. evro va bonuslar taklif qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com