Yuventus Aleksis Sanchesni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2014, 09:23
Yuventus Barselona hujumchisi Aleksis Sanches masalasida muzokaralarni boshladi.

Turin klubi vakillari futbolchining agenti bilan uchrashib, transfer imkoniyatlarini muxokama qilishdi.

Avvalroq, Sanches Arturo Vidal evaziga "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

FIFA "Barselona"ga transfer qilishni taqiqlab qo'yganligi sababli, kataloniyaliklar faqat futbolchilarni sotish bilan cheklanib qoladilar.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru