"Yuventus" 50 million evrolik transfer tayyorlamoqda

Alisher
4 fev 2020
"Yuventus" "Fiorentina" forvardi Federiko Keza bilan shartnoma imzolamoqchi.

Transfer yozda amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda. Turinliklar rahbariyati futbolchining transferi uchun 50 million evro ajratishga tayyorlar.

Qizig'i, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Kezaning narxi 60 million evroga baholangan.

22 yoshli forvard joriy mavsum A Seriyada 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it