"Yuventus" 18 mln. evroga darvozabon sotib oladi

Aslanov Jasurbek
25 may 2024, 17:00
A Seriyaning mavsumdagi eng yaxshi darvozaboni "Yuventus"ga o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, og'zaki kelishuvga erishilgan. Gap "Monca" darvozaboni Mikele Di Gregoro haqida ketmoqda. "Yuventus" posbon uchun 18 mln. evro (+2 mln. evro bonus) to'laydi.

Joriy mavsum Di Gregorio A Seriyaning 33ta uchrashuvida maydonga tushdi. U A Seriyada mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano