"Yuve" Kuadradoni Xitoy klubiga sotmadi

27 dek 2020, 18:50
"Yuventus"ning ko'p qirrali futbolchisi Xuan Kuadrado Xitoy klublari e'tiborini o'ziga jalb qildi.

Calcio Mercato xabariga ko'ra, xitoyliklar Kuadradoning transferini muhokama qilish uchun "Keksa siora" bilan bog'lanishgan. Biroq, "Yuventus" rahbariyati kolumbiyalik futbolchi borasidagi takliflarni qatiyan rad qilgan.

Xuan Kuadrado "Yuventus" sharafini 2015 yildan beri himoya qilib keladi. Oq-qora libosda 200 o'yin o'tkazgan futbolchi 17 gol, 44 ta golli uzatma amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calcio Mercato