Yuriy Sarkisyan “Bunyodkor”da ish boshladi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2014
Yurtimizdagi futbol mutaxassislari orasida katta tajribaga ega bo'lgan Yuriy Sarkisyan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida ish boshladi.
Yuriy Vazgenovich Sarkisyanga alohida tarif berib o'tishning hojati yo'q. Uning boshchiligida Farg'onaning “Neftchi” klubi besh karra mamlakat chempioni, bir necha bosh sovrindori, shuningdek O'zbekiston kubogi bahslarida muvaffaqiyat qozongan.

O'zi uchun qadrdon bo'lgan “Neftchi” klubi bilan xayrlashgan Yuriy Vazgenovich ma'lum vaqt xordiq chiqarib oldi. 2014 yilgi mavsum arafasida unga bir qator chorlovlar bo'ldi. Takliflar orasida o'zi uchun har tomonlama qulayini tanlagan Sarkisyan “Bunyodkor”da ish boshladi. Endi Yuriy Vazgenovich mamlakatimizning amaldagi chempioni va kubogi sohiblari bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga maslahatchi sifatida ish yuritadi.

Uning chorak asrdan ziyodroq vaqt mobaynida murabbiylikda to'plagan boy tajribasi “Bunyodkor”ning muvaffaqiyatlarga etaklashda asqotadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com