Yurgen Klopp Vircni himoya qilib chiqdi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2025, 11:28
"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp shu yozda 125 million evro evaziga "Bayer"dan ingliz klubiga o'tgan germaniyalik yarim himoyachi Florian Vircning o'yiniga izoh berdi.

"Men Florian haqida qayg'urishim shart emas, u haqiqatan ham ajoyib futbolchi. Hammasi joyida va buni hamma tushunadi. Uning atrofidagi munozaralar haddan tashqari bo'rttirilmoqda.

Florian - 100 yilda bir marta paydo bo'ladigan istedod. Bir kun kelib u Leverkuzenda bo'lgani kabi har bir o'yinda buni yana ko'rsatadi. U haqida tashvishlanishni bas qiling", – dedi Klopp.

Eslatib o'tamiz, Virc Angliya Premer-ligasining 7 o'yinida na gol urdi, na golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: N-TV