Yurgen Klopp Uilson borasida bir qarorga keldi

Uelslik futbolchining Mersisayd klubidagi taqdiri ma'lum.

“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp jamoa yarim himoyachisi Harri Uilsonga ayni damda jamoada unga o'rin yo'qligini ma'lum qilgan. Takidlanishicha, Mersisayd klubi “Byornli” bilan Uilson transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Uels terma jamoasi a'zosi o'tgan mavsumni “Bornmut” safida o'tkazgan va jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgandi.

“Byornli” ustozi Shon Daych esa klub rahbariyatidan Uilsonni sotib olishni so'ragan.


Manba: Sky Sports