Yurgen Klopp: "Raqiblarimiz qo'pol o'ynashdi"

Aziz Tukhtamuradov
16 mar 2014, 08:39
Dortmundning "Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Borussiya M" jamoasiga qarshi uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun jamoamiz xuddi mavsumning birinchi yarmidagidek harakat qildi. Ikkinchi taymga kelibgina tashabbusni o'z qo'limizga ola boshladik. Bu esa g'alaba qozonishimizga kamlik qildi.
Raqiblarimiz etarli darajada qo'pol harakat qilishdi, lekin bu haqida men biron marta xakamga shikoyat qilganim yo'q", - deb aytib o'tdi dortmundliklar murabbiyi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net