Yurgen Klopp nima uchun Germaniya terma jamoasini boshqarmasligini aytdi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2023, 09:12
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasida ishlash haqidagi savolga javob qaytardi.

"Germaniya terma jamoasida ishlash - men uchun sharaf. Bunga xech qanday shubha yo'q. Ammo sodiqlik bu borada menga halal beradi. Men hozir Liverpuldan keta olmayman. Aslida bunday so'rov yo'q.

Agar qandaydir davr uchun men terma jamoani boshqarishim kerak bo'lib qolsa, bo'sh bo'lishim kerak. Hozir esa bunday emas. Men klub oldida javobgarman", - dedi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Athletic