Yurgen Klopp: Mxitaryan juda tez sog'aymoqda

Narzulla Saydullayev
5 okt 2014, 15:47
Dortmundning Borussiya klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jarohat olgan futbolchilar haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Mxitaryan oldin aytilgan dastur bo'yicha tuzalmoqda. Yaqin 3-4 kun ichida u to'liq kuch bilan mashg'ulot o'tkazishi mumkin. Menga aytishlaricha Genrix juda tez sog'aymoqda.

Gyundogan terma jamoalar o'yinlari uchun bo'ladigan tanaffusdan so'ng maydonga tushishi mumkin. Roys ham yaqin orada mashg'ulotlarga qaytadi.

Blashchikovski to'psiz shug'ullanishni boshladi, biroz kutish kerak. Kirx va Shaxin hali tayyormaslar, - deydi Klopp.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru