Yurgen Klopp: "Muxlislarning olqishlaridan xursandman"

Narzulla Saydullayev
8 apr 2016
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp Yevropa ligasi doirasidagi "Borussiya"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

– "Borussiya" – ajoyib jamoa, bugun maydonda bu ko'rindi. Ko'pchilik bizni 0:2, 0:3 yoki 0:4 hisobida yutqazadi deb o'ylagandi. Bazi vaziyatlarda qoyilmaqom o'ynadik. "Borussiya"dek kuchli emasmiz, ulardek o'ynay olmaymiz. Maydonga tushganimda meni olqishlashdi, bundan xursandman. Shunday bo'lishi ham kerak, - deydi Klopp UEFA rasmiy saytiga.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com