Yurgen Klopp: Gol o'tkazganimizdan g'azablandim

Narzulla Saydullayev
25 sen 2016, 08:16
Liverpul ustozi Yurgen Klopp Xall Sitiga qarshi o'yindan so'ng (5:1) o'z fikrlarini bildirdi.

O'ylashimcha, ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Ajoyib birinchi bo'limni o'tkazdik. Kontrpressing yuqori saviyada edi. Biz Xallga imkoniyat bermadik. O'yinimizni tomosha qilish ajoyib edi.

O'tkazilgan goldan biroz g'azablandim. Quruq o'yin o'tkazganimizda yaxshi bo'lardi. Bu borada ishlaymiz.

Lallana – ajoyib futbolchi, haqiqiy professional. Unga futbol o'ynashni o'rgatish shart emas, – deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com