Yurgen Klopp: "Arsenal" ancha kuchaygan"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2014
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp, "Arsenal"ni o'tgan yilgidan ancha kuchayganini takidladi.
Eslatib o'tamiz, bu jamoalar o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
"Arsenal" so'nggi uchrashuvimizdan keyin, yangi futbolchilar xarid qildi, buning ustiga Jek Uilshir va Aaron Remsi ham jarohatlaridan qutilishgan. Hozir "to'pchilar"da Aleksis Sanches kabi o'yinchilari bor. Ha, Olive Jiruning jarohati bor, ammo ularda uni o'rnini bosadiganlar etarli. Biz Chempionlar Ligasidagi yo'limizni buyuk jamoaga qarshi o'yin bilan boshlaymiz. "Arsenal" - yaxshi tarkibga ega bo'lgan jiddiy raqib" - deydi Klopp.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru