Yurgen Klinsmann: “Jahon chempionatiga chiqish katta natija”

Tolibjon Qosimov
11 sen 2013, 14:15
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann, jahon chempionati-2014 saralash bahslari doirasida Meksika ustidan qozonilgan g'alabani (2:0) katta natija deb baholadi.

Bu natija AQSH termasiga Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma berdi.

- Meksika ustidan qozonilgan g'alaba, butun jamoa uchun katta natija sanaladi. Jamoa bor kuchi bilan harakatlandi, biz o'z jamoamiz bilan faxrlanamiz. Jahon chempionati katta musobaqa sanaladi, unga yo'llanmani qo'lga kiritish esa katta natija.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru