Yulian Draksler jarohat oldi

13 okt 2020, 07:30
PSJ futbolchisi terma jamoa safida jarohatga yo'liqdi.

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yulian Draksler tovonidan jarohat olgan. 27 yoshli futbolchi Millatlar Ligasi doirasida Ukrainaga qarshi bahsda 80 daqiqa harakat qilgandi. Tez orada uning jarohati borasida rasmiy ma'lumot berilishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Draksler o'tgan mavsum PSJ safida 22 ta o'yinda qatnashib, 7 ta golli uzatma bergandi. Joriy mavsumda esa 5 ta o'yinda 2 ta golli pasni amalga oshirishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild