Yulian Draksler: "Arsenal" qishda menga taklif bilan chiqmagan"

Tolibjon Qosimov
6 fev 2017, 19:01
PSJning yangi futbolchisi Yulian Draksler qishda Londonning "Arsenal" jamoasidan hech qanday taklif olmaganini aytib o'tdi.
Futbolchi hali "Volfsburg"daligida unga aynan "to'pchilar" asosiy da'vogar hisoblangan edi. Eslatib o'tamiz, yanvar boshida parijliklar Drakslerni 45 million evroga sotib olishgan edi.

"Arsenal" menga 2-3 yil oldin qiziqqan edi, lekin ushbu qishda ularning hech biri vakili menga taklif bilan chiqmadi", - deya futbolchining so'zlarini keltirdi "Telefoot".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Telefoot