Yozef Blatterning qulog'ini kesishdi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2016
"Yomonlik ortda qoldi. Kurash davom etadi", - deydi FIFA sobiq prezidenti operaciyadan so'ng.

Yozef Blatter teri saratoni tufayli operaciya qilindi va shifokorlar uning chap qulog'ining bir qismini olib tashlashdi. Bu haqda Shveytsariyaning Blick nashri xabar berdi.

Operaciya chorshanba kuni Cyurixdagi shifoxonalardan birida o'tkazildi. 2015 yil noyabr oyida Blatterning sog'ligi bilan muammolar bo'lgandi, biroq o'shanda bu holat asabiylashishdan kelib chiqqani aytilgandi.

"Yomonlik ortda qoldi. Kurash davom etadi", - deydi 80 yoshli Blatter operaciyadan so'ng.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Blick