Yovich "Arsenal" yoki "Vest Xem"ga o'tishi mumkin

Alisher
23 sen 2021
Hujumchi Luka Yovich "Real"dan kyetishi mumkin.

23 yoshli forvard uchun "Arsenal" va "Vest Xem" davogarlik qilmoqda, ammo serbiyalikning o'zi Germaniya yoki Italiya klubiga o'tishni afzal ko'radi.

Yovich "Real" safida joriy mavsum 3ta o'yinda maydonga tushib, umumiy atigi 24 daqiqa harakat qildi.

Yovich 2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi qismini "Ayntraxt"da o'tkazgan edi. Forvardning hisobida Bundesligada 18ta o'yinda 4ta gol va 1ta assist bor.


AlisherMuallif
Manba: AS