Yovetich "Gerta" bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
27 iyul 2021, 08:14
Hujumchi Stefan Yovetich faoliyatini Germaniyada davom ettiradi.

U "Gerta" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Yovetich 2020/21 yilgi mavsum "Monako" safida 33ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi.

24 mayda aniq bo'lishicha, francuz klubi forvard bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio