Yoshlarimiz Kraystcherch shahriga yetib borishdi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiya poytaxti Vellingtondan o'z uchrashuvlarini o'tkazadigan Kraystcherch shahriga ko'chib o'tdi.
Bugun erta tongdan Zelandiya poytaxtidan yo'lga chiqqan vakillarimiz havo yo'llari orqali ushbu shaharga yetib kelgan. Uchrashuvga uch kun qolganda yoshlarimiz aynan shu shaharda mashg'ulotlarni davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, yoshlarimiz 1 va 4 iyun kunlari mos ravishda Gonduras hamda Germaniya terma jamoalariga qarshi guruh o'yinlarini aynan mana shu shaharda o'tkazishadi.

Manba: championat.asia