Yoshlarimiz ikkinchi uchrashuvida Albaniya yoshlari bilan durang o'ynashdi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2014, 10:55
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Turkiyada Albaniya U-19 yoshlariga qarshi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi.
Turkiyadagi ikkinchi bahsda Ravshan Haydarov shogirdlari Albaniya bilan durang qayd etishdi - 0:0.

16 avgust kungi ilk o'yinda vakillarimiz 3:1 hisobida g'alabaga erishishgandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning 9-23 oktyabr kunlari Myanma mamlakatida o'tkaziladigan Osiyo Chempionati bahslarida ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia