"Neftchi": Yoshlarimiz "FarDu"ga qarshi o'ynashdi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2017, 11:22
20 oktyabr kuni Farg'ona shahridagi "FarDu" SM stadionida Bahrom Haydarov murabbiyligidagi "Neftchi" yoshlar jamoasi Shahbozbek Mo'minov boshchilik qilayotgan "FarDu" jamoasi futbolchilariga qarshi o'rtoqlik bahsida ishtirok etishdi.

Bahsda jangovor 3:3 hisobi qayd etildi.

"Neftchi" jamoasi 25-turni o'tkazib yuborgani bois, yuzaga kelgan tanaffusdan unumli  foydalangan jamoamiz murabbiylar shtabi bir qator yangi yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishdi. Aytish kerakki, shu kuni "Neftchi" futbol maktibida tahsil olayotgan yosh o'yinchilar o'rinbosarlar safida o'z imkoniyatlarini ishga solishdi.  Shuningdek, bellashuvda "FarDu" vakillari ham o'zlarida yaxshi taassurot qoldirishdi. Uchrashuvni bir qancha futbol muxlislari va Oliygoh talabalari yuqori qiziqish bilan kuzatib borishdi.

Jamoalar quyidagi tarkibda bahsda ishtirok etishdi.
"Neftchi": Muhammadjonov, Ne'matov, Komilov, G'oibjonov, Isakov, Xojimatov, Manazarov, Valiev, Asqaraliev, Mamurov, Artikov  
"FarDu": Mirzaakbarov, Xolmatov, Muhammadjonov, Salimjonov, Abdumuminov, Quchqorov, G'ulomov, Madaminov

"Neftchi" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz