Yoshlar o'rtasidagi YCHL. Ilk finalchi nomi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
22 avg 2020, 20:20
Non shahridagi “Kolovrey” o'yingohida yoshlar o'rtasidagi (U-19) Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan ilk bellashuv yakunlandi.

Bahsda “Benfika” raqibi “Ayaks” ustidan yirik hisobda zafar quchdi va musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo'l oldi. Ularning raqibi esa birozdan so'ng boshlanadigan “Zalsburg” va “Real” o'rtasidagi bahsdan so'ng ma'lum bo'ladi. Final uchrashuvi 25 avgustga belgilangan.

Ayaks U19 - Benfika U19 - 0:3 (0:1)

Kolovrey

Gollar: Arauxo, 42; Embalo, 75; Dantas (penalti), 79.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning amaldagi g'olibi “Portu” hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia