Yoshida "Shalke" a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
5 iyul 2022, 23:05
Yaponiyalik himoyachi Maya Yoshida "Shalke" bilan shartnoma tuzdi.

Kelishuv 1 yilga mo'ljallangan, deyiladi Germaniya klubi xabarida.

33 yoshli Yoshida "Shalke"ga erkin agent sifatida o'tdi.

U bungacha Niderlandiyaning "Venlo", Italiyaning "Sampdoriya" va Angliyaning "Sautgempton" klubida o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: schalke04.de