Yo'q! Dibala MYUga qarshi bahsda o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
19 okt 2018, 01:50
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala bugun jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashdi.

Argentinalik futbolchi Braziliya termasiga qarshi uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan holda jamoasiga qaytgandi. Ammo u Turinga borishi bilanoq o'z holati yaxshi ekanligi va umumiy guruhda ishlay olishini ma'lum qilgan.

Ma'lum bo'lishicha, Dibala "Jenoa" va MYUga qarshi o'yinda qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calcio Mercato