Yo'g'e?! Saudiya klubi Ronalduning transferi uchun 300 million evro ajratmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2022, 07:48
Saudiya Arabistoni klublaridan biri Krishtianu Ronalduning transferi uchun katta pul ajratmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, nomi oshkor qilinmagan arab klubi MYU hujumchisi bilan shartnoma imzolash uchun 300 million evro sarflashga tayyor. 

Ushbu summaning 250 millioni portugaliyalik futbolchi bilan ikki yillik shartnomaga (yiliga 125 milliondan), 30 millioni esa transfer uchun "Manchester Yunayted"ga, yana 20 million agentlarga komission pul sifatida ajratiladi. 

Ammo 37 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan bu taklifni qabul qilmaydi. Ronaldu kamida bir mavsum Yevropaning top-klubida o'ynab, YCHLda ishtirok etmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS