Yoaxim Lyov ispan tilini o'rganishni boshladi, uning orzusi - Ispaniyada ishlash

Alisher
22 mar 2021
Yevropa chempionatidan so'ng Germaniya terma jamoasidan ketadigan bosh murabbiy Yoaxim Lyov ispan tilini o'rganishni boshladi.

Eslatib o'tamiz, nemis terma jamoasi bilan JCH-2014'dagi g'alabadan so'ng Lyov "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan, ammo uning nemis futbol ittifoqi (DFB) bilan tuzgan shartnomasi Ispaniyaga yo'l olishiga imkon bermagandi.

Lyov shu yilning mart oyida Evro-2020dan so'ng kyetishini ma'lum qildi, Yoaxim shuningdek unga futbolchilar bilan maydondagi har kunlik ish yoqishini aytdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild