

“Kiyim almashtirish xonasida og'ir sukunat va umidsizlik hukmron. Hech kim bir so'z aytolmadi. Hozir juda ham tushkun ahvoldamiz. Ammo buni qabul qilishimiz kerak. Raqiblarimizni tabriklayman. Biz keyingi bosqichga munosib emas edik. Tayyorgarlik jarayonida barcha kerakli tadbirlarni amalga oshirgandik. Ammo bizga engillik yetishmadi. Javobgarlik, shubhasiz, mening bo'ynimda. Jamoada qolamanmi? Hozir bu savolga javob bera olmayman”,- dedi Yoaxim Lyov.



