Yoaxim Lev: "Ukraina va Shimoliy Irlandiya muammo yaratishga qodir"
Narzulla Saydullayev
13 dek 2015, 10:10
Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lev Yevropa chempionatiga tashlangan qur'adan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz ilk o'yindanoq sergak bo'lishimiz kerak. Polsha - ajoyib jamoa, Ukraina va Shimoliy Irlandiya muammo yaratishga qodir. Ularda kuchli himoya va tezkor qarshi hujum bor. Guruhda favoritmiz va unda birinchi bo'lmoqchimiz", - deydi trener.