Yerri Mina va "Manchester Yunayted" kelishib olishdi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2018
"Barselona" himoyachisi Yerri Mina faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli kolumbiyalik va "qizil iblislar" shartnoma borasida o'zaro kelishuvga erishishdi. Endi MYU "Barselona" bilan Minaning transferini hal qilishi kerak. Kataloniya klubi o'z futbolchisi uchun 35 mln. evro talab qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, kolumbiyalik futbolchi joriy yilning yanvar oyida 12 mln. evro evaziga "Palmeyras"dan "Barselona"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo