Yazguli Xojageldiev: "Gevorkyan bilan hech qanday kelishmovchilik bo'lmagan"

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2019, 20:47
Osiyo Kubogi 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Yazguli Xojageldiev qatnashdi.

Unga futbolchi Ahmad Ataev hamrohlik qildi. 

"Yaponiya bilan ikki taymda ikki xil o'yin ko'rsatdik. Gollar o'tkazib yubordik. Ertangi bahsda bu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz", - deydi Yazguli Xojageldiev. 

O'zbekiston bilan bahsda ijobiy natija qayd etsak keyingi bosqchiga chiqamiz. Artur Gevorkyan bilan hech qanday kelishmovchilik bo'lmagan. Shunchaki biz mana shu tarkibni Osiyo Kubogiga olib keldik. Arslonmurod Omonov O'zbekistonda o'ynaydi. Ammo terma jamoada yangi murabbiy keldi va o'zgarishlar ko'p bo'ldi. Shu bois undan ko'p ham ma'lumot ololmadik. 

O'zbekiston birinchi turda kuchsiz o'yin ko'rsatdi? Bilasizmi barcha jamoa birinchi o'yinda qiynaladi. 


- O'zbekiston terma jamoasi safida kimni alohida ko'rsata olasiz? 

Ahmad Ataev: - To'g'risi deyarli hech kimni tanimayman. Faqat jamoa sardori Odil Ahmedovni bilaman xolos. 


Narzulla Saydullaev 

Dubay shahridan mahsus

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia