Yaypanga katta futbol qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
24 mar 2026, 14:05
Pro liganing yangi ishtirokchisi - “Yaypan” jamoasi o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan O'zbekiston stadioni hamda o'quv-mashg'ulot bazasi rekonstrukciya qilindi va zamonaviy ko'rinishga keltirildi.

Amalga oshirilgan ishlar doirasida bosh stadion maydoniga yangi maysa urug'lari ekildi. Shuningdek, orqa hududdagi o'quv-mashg'ulot maydonlari - 106x66 va 70x50 metr o'lchamdagi maydonlar hamda asosiy maydon to'liq yangilandi. Bundan tashqari, 40x20 metr o'lchamdagi tabiiy mini maydon yangidan barpo etildi.

Stadion infratuzilmasi ham tubdan yaxshilandi: hakamlar, komissar va kiyim almashtirish xonalari to'liq ta'mirdan chiqarildi. Muxlislar uchun mo'ljallangan tribunalar, VIP va CIP sektorlar ham yangilanib, qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz