Yaya Ture: "Matichni yomon ko'raman"

Aslanov Jasurbek
9 may 2018, 12:31
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture faoliyatidagi eng qiyin raqibi - "Manchester Yunayted" futbolchisi Nemanya Matich haqida aytib berdi.

"Uni yomon ko'raman! Matich bilan o'ynash juda qiyin. Nemanya bo'yi uzun va kuchli futbolchi. Unga qarshi o'ynash yoqimli, ammo og'ir. Dunyoda meni to'xtatib qola oladigan futbolchilar ko'p emas, ammo Matich doimo menga muammo tug'dirgan. U yaxshi yuuguradi, himoyaga qaytadi, futbolchilarni yopa oladi. U ajoyib o'yinchi" - deydi Ture.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo