Yaya Ture Londonda tibbiy ko'rikdan o'tdi, ammo uning yangi klubi "Vest Xem " yoki "Kristal Pelas" emas

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 09:47
Yarim himoyachi Yaya Turening agenti Dmitriy Selyukning fikricha, uning mijozi "Vest Xem" va "Kristal Pelas"ga o'tmaydi.

Oldinroq, Ture Londonda tibbiy ko'rikdan o'tgani va tez orada shartnoma imzolashi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

"Bu "Vest Xem" emas, yuz foiz. Yaya - chempion. Oxirgi o'rin u uchun emas.

Bu "Kristal Pelas" ham emas. Xojson o'z futbolchilarining tug'ilgan kunini bilmas ekan. Yaya shunday klubga o'tadi deb o'ylaysizmi?" - deydi Selyuk.

Eslatib o'tamiz, Yaya Ture "Manchester Siti"da o'ynagan paytida klub uni tug'ilgan kuni bilan tabriklamagani uchun "shaharliklar" bilan kelisha olmay qolgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru