

"Bir necha kunning o'zida tiklanishimiz kerak edi, shunda ham yaxshi o'yin o'tkazdik. Xorvatiya termasini ham, terma jamoadoshlarimni ham tabriklayman. Biz katta ishni amalga oshirdik.
Butun bir davlat bizni qo'llab turganini his qilib turdik. Fransiyaga qarshi o'yin bizdan katta kuchni oldi, bugun esa g'alaba qozonishni istagandik. Balki bu ilojsizdir, biroq Marokash termasi JCH-2022dagi ishtirokidan mamnun", - dedi Bunu.



