"Yashasin, "Barselona". Gvardiola Laportani saylovdagi g'oliblik bilan tabrikladi

Alisher
8 mar 2021, 11:35
Hozirda "Manchester Siti"ni boshqarayotgan "Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Laportani Kataloniya klubi savlovlaridagi g'alaba bilan tabrikladi.

"Joan, mening tabriklarim! Yashasin, "Barselona" - deb yozdi mutaxassis o'zining "Tvitter" sahifasida.

Laporta saylov natijalariga ko'ra 54,28% ovoz to'pladi. U yaqin taqibchisidan deyarli 2 karra ko'p ovoz to'pladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'tgan yilning kuzida prezidentsiz qolgan edi.

→ Rasman: Laporta yana "Barselona" prezidentiga aylandi. Klub u bilan 2009 yilda 6ta sovrin yutgan

→ "Barsa"ning yangi prezidenti Laporta: "Klub yana baxtli va iqtisodiy jihatdan barqaror bo'lishi kerak"

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: https://twitter.com/GuardiolaTweets