"Rubin" sport direktori Yarovinskiy klubning O'runov bilan shartnoma imzolashga uringani haqida aytdi

Alisher
14 sen 2020, 14:05
"Rubin" sport direktori Oleg Yarovinskiy klub yozda "Spartak"ga o'tgan yarim himoyachi Oston O'runovga qiziqqani haqida aytdi.

"Biz O'runovga o'xshagan fukcional imkoniyatlarga ega futbolchini xohlagandik. Bizda uni qayerda ishlatish bo'yicha aniq bir reja bor edi. In Bomni olganimizdan afsuslanmaymiz, ammo biz dastlab maydon markazida tezkor qo'shila oladigan va O'runov kabi qiziqarli salohiyatga ega futbolchini xohlagan edik. 

U juda ajoyib futbolchi. Umuman olganda bu "Spartak" uchun juda yaxshi transfer ekanligiga aminman", - deydi Yarovinskiy.

Eslatib o'tamiz, asta-sekin "Spartak"ga moslashayotgan futbolchimiz jamoasining so'nggi ikki o'yinida zaxiradan maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: matchtv.ru