

U Fransiyaning "Strasbur" klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasman ma'lum qildi. 35 yoshli posbon bungacha Belgiya va Shotlandiya chempionatlarida to'p tepgandi.
Kavashima shuningdek, Fransiyaning "Mec" klubida ham o'ynagan. Ma'lumot uchun, ushbu darvozabon Yaponiya terma jamoasi safida 88ta o'yin o'tkazgan va uchta jahon chempionatida (2010, 2014, 2018) qatnashgan.

