Yaponiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar vafot etdi

Sherzod Nurmatov
11 avg 2025, 13:05
Yaponiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Kunishige Kamamoto 81 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Bu haqda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi (JFA) matbuot xizmati ma'lum qildi.

Kamamoto yakshanba kuni ertalab Osaka prefekturasi kasalxonasida pnevmoniyadan vafot etdi.

Hujumchi Yaponiya terma jamoasi safida 76 o'yin o'tkazib, 75 ta gol urgan. Kamamoto terma jamoadagi barcha davrlarning eng yaxshi to'purari hisoblanadi. 1968 yilda Mekcikada bo'lib o'tgan Olimpiadada Yaponiya bilan bronza medalini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: jfa.jp