Yanvarda transferlar uchun Xaviga qancha mablag' ajratiladi?

Omonjon To`xtamirzayev
12 noya 2021, 17:00
"Barselona" yangi bosh murabbiyi Xavi qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni taklif qilish niyatida.

Biroq kataloniyaliklar hamon moliyaviy inqirozdan aziyat chekmoqda. Shuning uchun yanvarda katta transferlar bo'lmasligi aniq. Ma'lum bo'lishicha, Xavi yanvarda transferlar uchun taxminan 10 mln evroga ega bo'ladi.

Shuningdek, bu "Barselona" Gavi bilan shartnomani uzaytirishi va Ansu Fatiga yangi shartnoma bo'yicha ko'proq maosh to'lashi kerakligi bilan ham bog'liq. Bundan tashqari "ko'k-anorranglilar" Ronald Kumanga kompensaciya pulini to'lab berishlari ham zarur.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com