"Yangier-Quruvchi" klubining transferlari va nazorat o'yinlari haqida

Sherzod Nurmatov
1 mar 2022
"Yangier-Quruvchi" jamoasi Pro liga 2022 mavsumi oldidan katta o'zgarishlarni amalga oshirdi.

Yanvar oyida bosh murabbiy Bekzod Qodirqulov boshchiligida mashg'ulotlarga qo'shilgan jamoa chempionat startiga qadar bir nechta nazorat bellashuvlarida maydonga tushdi. Avvalgi yillarga nisbatan joriy yilda Qodirqulovga bir nechta yordamchilar taklif qilindi. Xususan, Jahongir Abdurashitov va Muhammad Fayzullaev murabbiylar shtabidan o'rin oldi. Ilhom Jumanov esa darvozabonlar murabbiyi sifatida ish boshladi. 

Yanvar va fevral oylarida jamoa bir qator nazorat bellashuvlarida ishtirok etdi. Asosan, Superliga ishtirokchilari – “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Metallurg” va “Surxon”ga qarshi o'ynadi. 

Natijalar quyidagicha: 

“Yangier-Quruvchi” – “Zomin” – 1:0

“Yangier-Quruvchi” – “Paxtakor” – 0:2

“Yangier-Quruvchi” – “Metallurg” – 1:3

“Yangier-Quruvchi” – “Lokomotiv” – 0:2

“Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” – 1:1

“Yangier-Quruvchi” – “Surxon”  - 1:2

“Yangier-Quruvchi” – “Yassi Turkiston”  - 0:0 

Tarkibda ham katta o'zgarishlar amalga oshirildi. O'tgan mavsumdagi tarkib a'zolarining aksariyat qismi bilan do'stona xayrlashdi. Ketganlarning o'rniga munosiblari taklif qilindi. 

Superligada javlon urib o'ynagan Suhrob Berdiev, Abduqaxxor Xojiakbarov, Qahramon Bahodirov, Asilbek Begimqulov va boshqa futbolchilar bilan shartnoma imzolandi. 

Jamoaga yangi kelib qo'shilganlar: 

Akrom Xo'jaev (“Surxon”)

Qaxramon Boxodirov – (“Mashal”)

Siroj Meliev – (“Dinamo”) 

Timur Usmanov – (“Dinamo”)

Asiljon Begimqulov – (“So'g'diyona”)

Shohruh Xolmatov – (“Buxoro”)

Elyor Mamasoliev – (“Xorazm”) 

Said Abdujabborov – (“Cementchi”) 

Bunyod Shodiev – (“Ko'ktosh”, Tojikiston)  

Muhiddin Odilov – (“Ko'ktosh”, Tojikiston)

Muhriddin Rasulov – (“Mashal”)

Suhrob Berdiev (“Qo'qon-1912”)

Abduqaxxor Xojiakbarov (“Turon”)

Ahror Umarjonov (“Qizilqum”)

Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”)


Shartnomasini uzaytirganlar: 

Sarvar Xusanov 

Bekzod Tolibjonov 

Bunyod Abdumannonov 

Oybek Ahmatov 

Nodir Yo'ldoshev.

Shu bilan birga, bir qator futbolchilar bilan xayrlashildi: Abdumalik Toshpo'latov, Dilshod Xushvaqtov, Xurshidbek Asqaraliev, Muhammadqodir Raximberganov, Doston Meliqo'ziev va boshqalar.

Eslatib o'tamiz, “Yangier-Quruvchi” mavsumning dastlabki uchrashuvini 5 mart kuni o'z maydonida “G'ijduvon”ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia